Buyuk Britaniyaning davlat qarzi so‘nggi 20 yil ichida 8 baravar oshdi
Iqtisodiyot
Britaniya siyosatchilari qarz olishni juda tez oshirib, moliyaviy bozorlarda norozilik uyg'otishdan ehtiyot bo'lishlari kerak, dedi Britaniyaning Qarzlarni boshqarish bo'limi rahbari Robert Stiman shu yil oxirida kutilayotgan milliy saylovlar oldidan.
Hukumatning qarz bo'yicha boshlig'i sifatida 21 yil davomida Buyuk Britaniyaning qarzlari miqdori sakkiz baravar ko'payganini kuzatgan janob Robert Stiman, obligatsiyalar chiqarish ishi qiyinlashib borayotgani va investorlar tobora ko'proq moliyaviy siyosatga cheklovchi ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
"Bozorni hisobga olmagan holda siyosatni bo'shliqda amalga oshirishingiz mumkin deb o’ylamang", — dedi Stiman “Financial Times” gazetasiga va bu bilan 2022-yil sentyabr oyida davlat obligatsiyalari bozorining qulashiga olib kelgan muvaffaqiyatsiz “mini” byudjetga ishora qildi.

Powered by Froala Editor