Centrum Air O‘zbekiston Basketbol federatsiyasining rasmiy homiysiga aylandi
O'zbekiston
Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi bilan rasmiy homiy sifatida hamkorlik boshlanganini e’lon qildi. Sportni qoʻllab-quvvatlash kompaniyaning sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va mamlakat yoshlarini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli barqaror rivojlanish va ijtimoiy masʼuliyat (ESG) strategiyasining bir qismidir.
Centrum Air sport tashabbuslari va faol turmush tarzini ommalashtirishga izchil sarmoya kiritmoqda. Kompaniya uchun bu sport tashkilotlari bilan hamkorlikdagi birinchi tajribasi emas: avval ham aviakompaniya «Andijon» FK homiysi sifatida mintaqaviy futbol va mahalliy hamjamiyatlar rivojini qo‘llab-quvvatlagan edi. Shuningdek, kompaniya 2025-yilda Dubayda bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan va 35 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan parapiyodachilarning parvozini ta’minladi. Bugun biz ham milliy darajaga chiqmoqdamiz hamda basketbolni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida faol turmush tarzini ommalashtirishga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.
Federatsiya bilan yangi hamkorlik bu ishlarni milliy darajaga olib chiqadi. Hamkorlik doirasida qo‘shma imij va ijtimoiy loyihalarni, shuningdek, muxlislar hamda yo‘lovchilar orasida sportni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, yaqinda Centrum Air taniqli fotosuratchi Gio Kardava muallifligida milliy terma jamoa basketbolchilari ishtirokida imij fotosessiyasi tashkil etildi.
Centrum Air uchun sportni qo‘llab-quvvatlash –н bu mamlakat kelajagi, iqtidorlarni rivojlantirish va kuchli, hamjihat jamiyatni shakllantirishga qo‘shilgan hissadir.

Powered by Froala Editor