Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

O'zbekiston

Qarorga koʻra, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (roʻyxati) shakllantiriladi va ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 402-sonli Prezident qarori qabul qilindi.

Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon boʻyni saratoni skriningi odam papilloma virusi (OPV)ni polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) usuli va suyuqlik sitologiyasi yordamida amalga oshiriladi.

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marta tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan oʻtkaziladi.

Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarning tashxislash va davolash bilan bogʻliq xarajatlari davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ Onko-nazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammografiyalar faoliyatini 2 smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;
➖ Mammografiya tasvirini oʻqish markazi tashkil etiladi;
➖ OPV diagnostikasi uchun test tizimlari sifatini nazorat qilish boʻyicha referens-laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖ Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

2025-yil 1-mayga qadar:
- Bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
- Skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa tizimi joriy etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing