Chexiyada otishma qurbonlari xotirasiga motam kuni e’lon qilindi
Dunyo
Chexiya hukumati 23-dekabrni Pragadagi otishma qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e'lon qildi.
Chexiya hukumati 23-dekabrni Pragadagi Karlov universitetida sodir bo'lgan otishmada halok bo'lganlar xotirasiga motam kuni deb e'lon qildi. Bu haqda “Prague Morning” xabar berdi.
“Hukumat halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. 23-dekabr fojia qurbonlari xotirasiga davlat motam kuni deb e’lon qilindi”, dedi bosh vazir Pyotr Fiala.
Respublika prezidenti Pyotr Pavel universitetdagi otishma “Chexiya tarixidagi eng fojiali voqea” ekanini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Pragadagi Karlova universitetining falsafa fakultetida sodir bo‘lgan otishma natijasida kamida 15 kishi, jumladan qotil halok bo‘lgan va 24 kishi jarohatlangan.

Powered by Froala Editor