Chilining yangi prezidenti — Xose Antonio Kast

Siyosat

Chilida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ultrakonservativ siyosatchi Xose Antonio Kast g‘alaba qozondi. Associated Press xabariga ko‘ra, 14-dekabr kuni berilgan ovozlar hisob-kitobiga asosan u 58,2 foiz ovoz to‘plagan.

Chilining yangi prezidenti — Xose Antonio Kast
Uning raqibi — Kommunistik partiya vakili, sobiq mehnat vaziri Jannetta Xara — 41,8 foiz ovoz oldi. Birinchi turda Xara 27 foiz bilan yetakchi bo‘lgan, Kast esa 24 foiz natija qayd etgan edi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Kast so‘nggi 35 yildan ortiq vaqt ichida Chilining ilk ultrakonservativ prezidenti bo‘ladi. G‘alaba nutqida u mamlakatga tartib — ko‘chalarda, davlat boshqaruvida va ustuvor yo‘nalishlarda — qaytishi zarurligini ta’kidladi. Uning aytishicha, ikkinchi tur natijalari keng ishonch mandati bo‘lib, katta mas’uliyatni ham anglatadi.

Jannetta Xara mag‘lubiyatni tan olib, Kastni tabrikladi va tarafdorlariga murojaatida yutqazish insonni yaxshiroq anglashga yordam berishini qayd etdi.

Kastni g‘alabasi bilan bir qator xorijiy yetakchilar, jumladan Argentina prezidenti Xaver Miley va AQSh davlat kotibi Marko Rubio tabrikladi. Miley bu voqeani izohlar ekan, “chap kuchlar chekinmoqda”, dedi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing