“Alphabet” “Google”ning $70 mlrdlik aksiyalarni qaytarib sotib olishga ruxsat berdi
Texnologiya
“Google”ning bosh kompaniyasi hisoblanadigan “Alphabet”ning direktorlar kengashi kompaniya aksiyalarni 70 milliard dollar evaziga qaytarib sotib olishga ruxsat berdi. Bu haqda CNBC maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, kompaniya, A va C sinfidagi o'z aksiyalarini qachon qaytarib sotib olishni hal qilishda aksiya narxini va bozor sharoitlarini hisobga olishini aytgan.
A toifasidagi aksiyalar ovoz berish huquqiga ega bo'lib, C toifasidagi aksiyalar esa aksincha ovoz berish huquqiga ega emas. Bundan tashqari, B toifali aksiyalar ham borki, ular ommaviy sotilmaydi.
“Hozirgi kunda Vashingtonda aksiyalarni qaytarib sotib olish qizg'in siyosiy mavzuga aylangan. Uorren Baffet kabi sarmoyadorlar aksiyalarni qaytarib sotib olishni yaxshi ko'radi. Chunki, bu muomaladagi aksiyalar sonini kamaytirib, taqchillikni keltirib chiqaradi va aksiyalar narxi oshishiga olib keladi”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor