Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligi tekshiriladi

O'zbekiston

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligi tekshiriladi
Bu esa davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi.

Eslatib o'tamiz, bundan bir yil avval Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy platforma ishga tushirilgan edi. Mazkur platforma Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan BMT Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yanada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing