Davr o'zgarishi: Nike Germaniya terma jamoasining yangi homiysiga aylandi

Sport

Germaniya futbol federatsiyasi 77 yillik hamkorlikdan so‘ng Nike kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Endi Nike kompaniyasi Adidas o'rniga terma jamoalar liboslarining asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi.

Davr o'zgarishi: Nike Germaniya terma jamoasining yangi homiysiga aylandi
Germaniyaning Adidas bilan uzoq yillik hamkorligi nihoyasiga yetmoqda. Nike Inc. kompaniyasi Germaniya futbol federatsiyasi (DFB) bilan 2027-yildan boshlab mamlakat milliy futbol jamoalarining bosh homiysi bo'lish uchun shartnoma imzoladi. Shartnoma 2034-yilgacha amal qiladi.

DFB’ning qarori turli xil munosabatga sabab bo'ldi. Bir tomondan, Nike eng yaxshi iqtisodiy taklifni taqdim etib, Germaniyada havaskor sport va ayollar futbolini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashga va'da bermoqda. Boshqa tomondan, mamlakat iqtisodiyot vaziri Robert Xabek federatsiyaning tanlovidan noroziligini bildirdi. “Men nemis formasini uchta chiziqsiz tasavvur qila olmayman. ― dedi u. ― Adidas va qora-qizil-oltin har doim mening xayolimda birga bo'lgan. Bu nemislarning boshqalardan ajratib turuvchi belgisidir. U bilan ona shahrimga sodoqat ko'proq bo'lishiga umid qila olardim."

Bunday muhim hamkorlikni yo'qotish Adidas uchun yana bir zarba bo'ldi. Kompaniya yomon kunlarni boshdan kechirmoqda: o'tgan yili uning sof sotuvi, asosan, reper Kanye Uest bilan buzilgan shartnoma tufayli kamaydi.

Nike esa faol ravishda jahon futbolidagi mavqeini mustahkamlamoqda. 1996-yilda Braziliyadan boshlangan kompaniya hozirda Fransiya, Angliya va AQSh terma jamoalariga homiylik qiladi. Adidas esa Italiya va Ispaniya bilan hamkorlik qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing