Diyora Keldiyorovaga oltin medalni Otabek Umarov topshirdi

Sport

Oʻzbekiston nomidan bahs olib borayotgan Diyora Keldiyorova BAA vakili Birshelt Xorlodoini Golden Score'da mag‘lubiyatga uchratdi. U oltin medalni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovdan qabul qilib oldi.

Diyora Keldiyorovaga oltin medalni Otabek Umarov topshirdi
Bugun, 24-sentyabr kuni Xanchjou shahrida boʻlib oʻtayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan dzyudochi Diyora Keldiyorova BAA vakili Birshelt Xorlodoini Golden Score'da mag‘lubiyatga uchratdi.

Natijada u XIX Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni O‘zbekistonga hisobiga yozib qo‘ydi. Diyora Keldiyorova oltin medalni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovdan qabul qilib oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing