Gayane Umerova va Muhammad Abunayyan xalqaro investitsiya forumida “yo‘l xaritasi”ni imzoladilar

O'zbekiston

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va Saudiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Muhammad Abdulla Abunayyon o‘rtasida yo’l xaritasi imzolandi.

Gayane Umerova va Muhammad Abunayyan xalqaro investitsiya forumida “yo‘l xaritasi”ni imzoladilar
Hujjat Saudiya Arabistoni Podshohligining eng yirik madaniy-ko‘ngilochar majmualaridan biri bo‘lgan ʻʻBoulevard Worldʼʼda O‘zbekiston milliy pavilioni loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Loyiha O‘zbekistonning turizm va madaniy salohiyatini targ‘ib etish hamda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun uzoq muddatli platformaga aylanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing