Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat yetakchilari oʻrtasida savdo-iqtisodiyot, transport, suv-energetika sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar dasturlar va hududlararo almashinuvlarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zaro hamkorlik va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar kun tartibini boyitish maqsadida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishlari davomida hamda boshqa sheriklik mexanizmlari doirasida yangi loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing