Donald Trampning saylovdagi g‘alabasidan so‘ng Tesla kapitalizatsiyasi 1 trillion dollarga yetdi
Biznes
AQSh prezidentligiga respublikachilar nomzodi Donald Trampning g‘alabasi ortidan Tesla aksiyalari keskin o‘sdi va kompaniyaning bozor qiymati 1 trillion dollarga yetdi.
Tesla bosh direktori Ilon Mask va Tramp o‘rtasidagi yaqin hamkorlik yangi ma’muriyat davrida elektrokar ishlab chiqaruvchisiga sezilarli foyda keltirishi mumkin. Natijada, kompaniya aksiyalari narxi 6% dan ko‘proqqa o‘sib, juma kuni 313 dollar atrofida savdoga qo‘yildi. Tesla aksiyalari birinchi marta 2022-yil sentabridan buyon 300 dollardan oshdi va hozirda u dunyoning kapitalizatsiyasi bo‘yicha to‘qqizinchi yirik kompaniyasi hisoblanadi.
Deepwater Asset Management boshqaruvchi sherigi Jin Mansterning ta’kidlashicha, Tesla aksiyalari so‘nggi 12 savdo kunida 44% ga o‘sdi, bu Nasdaqning shu davrdagi 4% o‘sishidan sezilarli ravishda yuqori.
Ma’lumot uchun, 6-noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda respublikachilar nomzodi Donald Tramp AQSh prezidentligiga saylandi.

Powered by Froala Editor