Donald Trump AQShda yozgi vaqtga o'tishni bekor qilmoqchi

Dunyo

AQShning saylangan prezidenti Donald Trump o'z mamlakatida yozgi vaqtga o'tishni bekor qilishini ma'lum qildi. Bu haqida u Truth Social ijtimoiy tarmog'ida post yozib, Respublikachilar partiyasi ushbu masala ustida faol ishlayotganini ta'kidladi.

Donald Trump AQShda yozgi vaqtga o'tishni bekor qilmoqchi
Trumpning so‘zlariga ko‘ra, yozgi vaqtga o‘tish mamlakat uchun foydadan ko‘ra ko‘proq noqulayliklar va xarajatlarni keltirib chiqaradi. Garchi bu o‘zgarishni qo‘llab-quvvatlovchi kichik bir guruh bo‘lsa ham, Trump “yozgi vaqt juda noqulay va mamlakatimiz uchun juda qimmatga tushadi” deb ta'kidladi.

Yozgi vaqtga o‘tish amaliyoti 20-asr boshlarida boshlangan. AQSh va Yevropada ham har yili vaqtni bahorda bir soat oldinga surish va kuzda orqaga qaytarish odati mavjud. Yozgi vaqtga o‘tishning asosiy maqsadi - kun davomida yorug'lik soatlarining ko'payishini ta’minlash, bu esa odamlar uchun ko'proq tashqarida vaqt o‘tkazishga, ish vaqti tugashidan keyin yana faoliyat yuritishga imkon beradi.

Shu bilan birga, elektr energiyasini tejashga yordam beradi, chunki ko‘p hollarda, kun yorug‘ligidan foydalanish uchun sun'iy yoritishga kamroq ehtiyoj bo‘ladi. Biroq, tadqiqotlar natijasida, bu amaliyotning energiya tejashdagi foydasi minimal yoki deyarli yo‘q ekanligi ko‘rsatilgan.

Yozgi vaqtga o'tishni bekor qilish masalasi AQShda bir necha yildan beri muhokama qilinmoqda, lekin hozirgacha amalga oshirilmagan. Trump 5-noyabrda o'tkazilgan saylovda g‘olib chiqib, 20-yanvar kuni ikkinchi marta prezident lavozimiga kirishadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing