Dubayda haydovchisiz harakatlanadigan mega hajmli metro tarmog'i qurilmoqda
Dunyo
Dubay RTA (Avtomobil yo‘llari va transport boshqarmasi) ma’lumotiga ko‘ra, Moviy liniyaning har bir poyezdi 988 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Kelgusida bu tizim kundalik yo‘lovchilar sonini 350 000 kishiga yetkazishni maqsad qilmoqda. Loyihaning dastlabki xizmat ko‘rsatish hajmi esa 200 000 yo‘lovchini tashkil etadi.
Moviy liniya 2029-yil 9-sentabrda ishga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, 30 km uzunlikdagi yo‘l bo‘ylab 14 ta strategik ahamiyatga ega bekatlarni qamrab oladi. Bu Dubayning turli hududlaridagi tirbandlikni 20% ga qisqartirishga yordam beradi.
Poyezdlar haydovchisiz tizimda ishlaydi va to‘liq AI texnologiyasi tomonidan boshqariladi. Ushbu texnologiya poyezdlarning jadvalga qat’iy rioya qilishiga yordam beradi. Masalan, yo‘lovchilar eshiklari yopilmay qolgan holatlarda tizim o‘z-o‘zidan safar jadvalini qayta hisoblab chiqadi va yo‘lovchilarga kechikishlarsiz xizmat ko‘rsatadi.
Moviy liniya loyihasi uchun 20,5 milliard Dh miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, MAPA, LIMAK va CRRC kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda ushbu loyiha amalga oshirilmoqda.

Powered by Froala Editor