Dubayda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi boshlandi
Dunyo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi ishtirokchilari bilan birgalikda suratga tushdi hamda yetakchilar bilan global sammit ochilishiga yo‘l oldi.
Konferensiyada Shavkat Mirziyoyev birinchilardan bo‘lib nutq so‘zlaydi.
140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiyaning kun tartibiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti katta tadbirning kirish qismida, aniqrog‘i BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar kabi davlat rahbarlaridan keyin o‘ninchi tartib raqami ostida chiqish qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida juda muhim va dolzarb masalalarga to‘xtatilishi kutilmoqda.
Konferensiyadan avval esa COP28 sammiti o‘tayotgan "Ekspo Siti Dubay" majmuasida Shavkat Mirziyoyevni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish qutladilar.

Powered by Froala Editor