Dunyo diplomatik xaritasida katta do‘stlikning boshlanishi
Siyosat
O‘zbekiston tashqi siyosatining Afrika yo‘nalishini faol o‘zlashtirishda davom etmoqda. Kecha Sharqiy Afrikadagi eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri sanalgan Ruanda Respublikasi bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.
Tarixiy kelashuv 19-aprel kuni Qo‘shma kommunike imzolanishi bilan mustahkamlandi. Hujjatga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning ruandalik hamkasbi Olivye Nduxungirexe imzo chekdilar. Aloqalar o‘rnatilishi bilan bir qatorda, tomonlar siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini yaratish bo‘yicha anglashuv memorandumini ham imzoladilar. Bu Toshkent va Kigali o‘rtasida iqtisodiyot, investitsiya va xavfsizlik masalalari bo‘yicha muntazam muloqot o‘tkazish uchun huquqiy asos yaratadi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ushbu qadam Afrika qit’asi davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning bir qismi ekanini ta’kidladi. Ruanda O‘zbekiston rasmiy aloqalar o‘rnatgan 167-davlat bo‘ldi. Ekspertlarning qayd etishicha, Ruanda bozoriga kirish o‘zbek eksportchilari uchun Afrikaning logistik jihatdan muhim mintaqasida yangi imkoniyatlar ochishi mumkin.

Powered by Froala Editor