Dunyodagi eng badavlat oilalar nomi e’lon qilindi

Dunyo

BAA hukmron sulolasi 2023-yilda dunyodagi eng boy oilaga aylandi.

Dunyodagi eng badavlat oilalar nomi e’lon qilindi
Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda dunyodagi eng boy oilasi 305 milliard dollar boyligi bilan BAAning hukmron sulolasi Al Nahayan bo'ldi.

Reytingda ikkinchi o‘rinda Walmart do‘konlar tarmog‘i asoschisi Sem Uoltonning oilasi (259,7 milliard), uchinchi o‘rindan Hermes hashamatli brendi egalari - Hermes oilasi (150,9 milliard) joy oldi. Ulardan keyin 141,9 milliard dollar bilan Mars kompaniyasiga egalik qiluvchi oila joylashgan. Dunyodagi eng boy beshta oilani ichiga Qatarda hukmron shayxlar va amirlar sulolasi hisoblangan Ol Soniy (133 milliard) kirdi. Qayd etilishicha, bu oila ushbu ro'yxatda birinchi marta paydo bo'ldi.

Jami 25 ta eng badavlat oila 2023-yilda qo‘shimcha 1,5 trillion dollar ishlab topgan, bu eng boy oilalarning o‘tgan yilgi boyligidan 43 foizga ko‘pdir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing