Eldor Shomurodov Rossiyaga qaytishni xohlamayapti
Sport
Oʻzbekistonlik hujumchi Rossiyaning “Spartak” klubiga oʻtishdan bosh tortdi. U rivojlanish uchun ustuvor vazifa Italiyada faoliyatini davom ettirishi ekanligini aytgan.
Italiyaning “Roma” futbol klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Spartak”ga o'tmaydi. U Rossiya chempionatiga qaytmoqchi emas. Bu haqda “Inoprosport” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 28 yoshli hujumchi rivojlanish uchun Italiyada faoliyatini davom ettirishi ustuvor vazifa ekanligini aytgan.
Bundan tashqari, futbolchi RPL klubiga o'tish variantini ko'rib chiqmayotgani, biroq Turkiya chempionatiga o'tishga rozi bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2017-yildan 2020-yilgacha Rossiyaning “Rostov” klubi safida to‘p surgan va 91 ta o‘yinda 18 ta gol hamda 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. O‘zbekistonlik hujumchining “Roma” bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar tuzilgan va u o‘tgan mavsumni “Spetsiya”da ijara asosida o‘tkazgan.
“Transfermarket” portalida futbolchining transfer narxi olti million yevroga baholanmoqda.

Powered by Froala Editor