Endi oʻzbekistonliklar Kanadada ham ish topish imkoniyatiga ega boʻladi
O'zbekiston
O‘zbekiston bandlik vaziri va Kanada elchisi ikki davlat xususiy rekruting kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson o‘rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.
Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Powered by Froala Editor