Tripolida tartibsizliklar: xavfsizlik xizmati rahbari o‘ldirildi

Dunyo

Liviya poytaxtida tartibsizlik hukm surmoqda. Tripolida ko‘cha janglari avj oldi, xavfsizlik xizmati rahbari o‘ldirildi.

Tripolida tartibsizliklar: xavfsizlik xizmati rahbari o‘ldirildi
Liviyada vaziyat keskinlashdi - poytaxt Tripolida portlashlar va avtomatlardan o‘q uzilmoqda. Mahalliy OAV va xalqaro agentliklarning xabar berishicha, shahar turli qurolli guruhlar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bilan qamrab olingan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, jangovar harakatlar natijasida poytaxtdagi harbiy guruhlardan birining yetakchisi va Liviya prezident kengashi qoshidagi xavfsizlik xizmati rahbari Abdul G‘ani al-Kikli o‘ldirilgan.

Liviya Ichki ishlar vazirligi Tripoli aholisini uyda qolishga va o‘z hududlarini tark etmaslikka chaqirdi. Mitiga xalqaro aeroporti vaqtincha yopildi, barcha reyslar Missuratga yo‘naltirildi, deb xabar bermoqda Al Mayadeen telekanali.

Libya Observer nashri ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt va mintaqaviy kuchlar o‘rtasida shiddatli otishmalar davom etmoqda, bu esa mamlakatda fuqarolar urushining yangi bosqichi boshlanganidan dalolat berishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing