O‘zbekiston futbolchilarga sovg‘a qilingan avtomobillar uchun 340 ming dollar jarima to‘laydi

Sport

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasiga 340 ming AQSh dollari miqdorida jarima qo‘lladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

O‘zbekiston futbolchilarga sovg‘a qilingan avtomobillar uchun 340 ming dollar jarima to‘laydi
Jarima sababi — O‘zbekiston – Qatar o‘yini bilan bog‘liq reklama qoidalarining buzilishi bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga BYD rusumli avtomobillar sovg‘a qilingan edi.

AFC reglamentiga ko‘ra, konfederatsiya homiylari ro‘yxatiga kirmagan brendlarni rasmiy o‘yinlar vaqtida namoyish etish taqiqlanadi. Shu sababli, bu holat reklama va tijorat qoidalarining buzilishi sifatida baholandi.

Assotsiatsiya belgilangan muddatda 340 ming dollar jarimani to‘lashi lozim.

Avtomobillar sovg‘asi O‘zbekistonda keng jamoatchilik va sport muxlislari orasida katta rezonans uyg‘otgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing