Qoraqalpog‘istonda umummilliy “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda

O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda "Salomatlik marafoni" boshlandi Qoraqalpog‘istonda "Salomatlik marafoni" boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegramdagi rasmiy kanalida ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda umummilliy “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda
Qoraqalpog‘istonda umummilliy “Salomatlik marafoni” boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining rasmiy Telegram kanalida ma’lum qildi.

Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika va 3 ta jamoat maskanida aholiga bepul tibbiy ko‘rik va maslahatlar tashkil etilgan. Shuningdek, bemorlarni yo‘naltirish va raqamlashtirish tizimi joriy etilib, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni yanada tez va aniq bo‘lmoqda.

Marafon doirasida AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI va AI Mammo kabi sun’iy intellekt texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. Ular shifokorlarga kasalliklarni erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yishda yordam bermoqda.

To‘rt kun ichida qariyb 12 ming fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, 1 700 nafardan ortig‘i chuqur tekshiruvlardan o‘tkazildi, 116 kishi esa davolanishga yo‘naltirildi.

Marafon ishtirokchilari Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining bolalar jarrohligi bo‘limida murakkab operatsiyalarni boshdan kechirgan kichik bemorlar bilan uchrashib, ularning matonati va tabassumidan ilhom oldilar.

Shuningdek, ikki yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi: “Oilaviy salomatlik maktabi” (raqamli oilaviy pasport tizimi asosida) va “Salomatlik volontyorlari”, u orqali yoshlar aholining tibbiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi.

Saida Mirziyoyeva “Tibbiyot novatorlari” jamoasidagi yosh mutaxassislarga minnatdorlik bildirib, ularning ishtiyoqi va fidoyiligi sog‘liqni saqlash tizimini zamon talablari darajasiga ko‘tarayotganini ta’kidladi.

“Millat salomatligi — bu barchamizning umumiy yo‘limiz va mas’uliyatimizdir”, — dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing