Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Bishkekka tashrif buyurdi
Dunyo
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 4 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Qirg’izistonga keldi. 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 11-sammitida Turkiya Prezidenti ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari, shuningdek, ular raisligida strategik hamkorlik bo‘yicha Oliy kengashning oltinchi yig’ilishi o’tkazilishi kutilmoqda.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish va davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tomonlar qirg‘iz-turk hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi.

Powered by Froala Editor