Erdo‘g‘an tez orada Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda

Siyosat

Tez orada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkin. Unda Ukraina mojarosini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Erdo‘g‘an tez orada Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda
Bu haqda Albaniya bosh vaziri Edi Rama Turkiyaning TRT World telekanali ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Anqaraga tashrifi chog‘ida Albaniya hukumati rahbaridan uchrashuv taklifini olgan. Erdo‘g‘an taklifni qabul qilib, Janubi-Sharqiy Yevropa sammiti doirasida prezident Zelenskiy bilan yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Yanvar oyida Erdo‘g‘an va Zelenskiy o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida Turkiya rahbari Anqara vositachi bo‘lib, Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing