Erdo‘gan Toʻqayev bilan telefonlashdi
Siyosat
Turkiya va Qozog‘iston Prezidentlari Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi sammiti kun tartibiga kiritilishi mumkin boʻlgan masalalarni muhokama qildi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jomart Toʻqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi bayonotida keltirilgan.
Xabarda aytilishicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlar holatini muhokama qilgan. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashgan.
Liderlar noyabr oyida Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi sammiti kun tartibiga kiritilishi mumkin boʻlgan masalalarni muhokama qildi.

Powered by Froala Editor