Erdo‘g‘an To‘qayevga TOGG elektromobilini sovg‘a qildi

Dunyo

Turkiya rahbarining shaxsan o‘zi Qosim-Jomart To‘qayevni yangi elektromobil bilan tanishtirdi.

Erdo‘g‘an To‘qayevga TOGG elektromobilini sovg‘a qildi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi aeroportda Qosim-Jomart To‘qayev Turkiy davlatlar tashkilotining X sammitida ishtirok etgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan xayrlashdi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an hurmat belgisi sifatida Qozog‘iston rahbariga Turkiyada ishlab chiqarilgan TOGG elektromobilini sovg‘a qildi. Turkiya rahbarining shaxsan o‘zi Qosim-Jomart To‘qayevni yangi elektromobil bilan tanishtirdi.

Qozog‘iston Prezidenti o‘z mavqedoshini elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarish muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani bilan tabrikladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing