Eron va Hindiston o'rtasidagi savdo hajmi qariyb 2 milliard dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot

Hindiston Savdo va sanoat vazirligi hisobotida aytilishicha, 2023-yilda Eron va Hindiston o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi 1,836 milliard dollarni tashkil qilgan.

Eron va Hindiston o'rtasidagi savdo hajmi qariyb 2 milliard dollarni tashkil etdi
Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yili Eron Hindistonga 699 million dollarlik mahsulot eksport qilgan va 2022-yilga nisbatan sezilarli o'zgarish bo'lmagan.

2023-yilda Hindiston uchun Erondan import qilinadigan asosiy mahsulot neft mahsulotlari bo‘lib, ularning hajmi 221 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 26% ga ko‘pdir. Erondan Hindistonga eksport qilinadigan eng yirik tovarlar qatorida bo'yoqlar ishlab chiqarish uchun xomashyo va turli mevalar o’rin olgan.

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Hindistondan Eronga mahsulot eksporti 35% ga kamayib, 1 milliard 187 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, undan oldingi yili esa bu ko‘rsatkich 1,847 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

2023-yilda Hindistondan Eronga eksport qilingan asosiy mahsulot guruch bo’ldi. Bu yili Hindistonning Eronga guruch eksporti 34% ga, 2022-yildagi 1,98 milliard dollardan 723 million dollarga qisqardi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing