Eron Xitoy uchun neft narxini oshiradi va yetkazib berishni kamaytiradi

Iqtisodiyot

Qaror ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtiradi, boisi Pekin neft iste'molining qariyb 10 foizi Tehrondan yetkazib beriladi, deya xabar beradi “Reuters”.

Eron Xitoy uchun neft narxini oshiradi va yetkazib berishni kamaytiradi
Neft sotib olish uchun vositachi hisoblangan Xitoy kompaniyasining xabariga ko’ra, Eron yetkazib beruvchilari va xitoylik xaridorlar boshi berk ko'chaga kirib qolishdi va buning oqibati noaniq bo'lib qolmoqda.

“Kpler” ma'lumotlariga ko'ra, oktyabr oyida Xitoy kuniga rekord darajadagi 1,53 million barrel neft sotib olgan bo'lsa, noyabrda bu hajm 1,22 million barrelgacha pasaygan, dekabrda esa kuniga 1,18 million barrelgacha kamaygan. Oxirgi haftada Eronning suzuvchi omborlaridagi neft zaxiralari 2 million barrelga oshib, 15,5 million barrelga yetdi.

Xitoyning Shandun provinsiyasidagi neft xaridori shunday dedi: “Xaridorlar hanuzgacha yechim topishga harakat qilmoqdalar, sababi yangi narxlar nihoyatda yuqori. Ammo ularning tanlash imkoniyati cheklangani va Eron tomoni juda qattiq bo‘lgani uchun narxlarni muhokama qilish imkoniyatlari deyarli yo’q va bu xitoylik xaridorlar foydasiga emas”. Shu munosabat bilan Erondan Xitoyga neft yetkazib berish qisqartirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing