Eronda noroziliklar: aloqa o‘chdi, murosaga o‘rin yo‘q

Dunyo

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Hukumatning qat’iy choralar ko‘rishi fonida mamlakatda internet va aloqa tizimlari deyarli ishlamayapti, oliy rahbar esa hech qanday yon berish bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Eronda noroziliklar: aloqa o‘chdi, murosaga o‘rin yo‘q
BBC’ning fors xizmati ma’lumotiga ko‘ra, kamida 22 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan. Eron rasmiylari xavfsizlik kuchlarining olti nafar xodimi vafot etganini bildirdi. Norvegiyada joylashgan Iran Human Rights tashkiloti esa xavfsizlik kuchlari kamida 45 nafar namoyishchini, jumladan sakkiz nafar voyaga yetmaganlarni o‘ldirganini ma’lum qildi.

Payshanba kuni mamlakat bo‘ylab internet butunlay o‘chib qoldi. NetBlocks monitoring guruhi ma’lumotiga ko‘ra, uzilishlar juma kuni ham davom etdi, bu esa Eron ichkarisidan axborot oqimini keskin chekladi. Telefon aloqasida ham muammolar qayd etilmoqda.

Juma kungi telemurojaatida Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy norozilik namoyishlarini keskin tanqid qilib, ishtirokchilarni vandalizmda aybladi va Islom Respublikasi “buzg‘unchilar oldida chekinmasligini” ta’kidladi.

Xomanaiy AQSh prezidenti Donald Trampni ham tanqid ostiga olib, uning qo‘llari “eronliklar qoni bilan bulg‘anganini” aytdi va Trampni Eron shohlari sulolasi kabi qulash kutayotganini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing