Eronda prezidentlik saylovlarini buzishni rejalashtirgan terrorchilar qo‘lga olindi
Dunyo
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Mirahmadiyning aytishicha, jinoyatchilar beqarorlik muhitini yaratish va odamlarni saylov hudulariga borishdan qo’rqitish uchun terrorchilik harakatlarini uyushtirishni rejalashtirgan.
Eron armiyasining harbiy xizmatchilari Eron prezidenti saylovi paytida terrorchilik hujumlarini tayyorlagan terrorchilarni saylov uchastkalari ochilishidan oldin hibsga olishgan. Bu haqda Islom Respublikasi ichki ishlar vazirining o'rinbosari Majid Mirahmadiy ma'lum qildi.
IRIB telekanali maʼlumotlariga koʻra, saylov oldidan mamlakatga teraktlar tayyorlayotgan terrorchilar kirib kelgan, keyin ular harbiylar tomonidan qoʻlga olingan va terrorchilik harakati toʻliq magʻlubiyatga uchragan.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining taʼkidlashicha, jinoyatchilar mamlakatda beqarorlik muhitini yaratish va odamlarni saylov qutilariga borishdan qoʻrqitish uchun terrorchilik harakatlarini uyushtirmoqchi bo’lgan.
Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiyning qayd etishicha, saylov uchastkalarida tartib 180 ming nafar huquq-tartibot xodimlari tomonidan ta’minlangan.
28-iyun kuni Eronda prezidentlik saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saylovda 4 nafar nomzod kurash olib bordi. Ulardan hech biri 50% dan ko‘proq ovoz to‘play olmadi, bu birinchi turning o’zidayoq g‘alabani ta’minlagan bo‘lardi. 5-iyulga belgilangan ikkinchi turga sobiq sog'liqni saqlash vaziri Masud Pezeshkiyan (islohotchi, birinchi turda 42,5% ovoz) va Eron ma'naviy rahbarining Respublika Milliy xavfsizlik Oliy Kengashidagi vakili Said Jaliliy (konservativ, birinchi turda 38,6% ovoz) katta muvaffaqiyat bilan o'tdilar.
Prezident Ibrohim Raisiy vafotidan so‘ng mamlakatda navbatdan tashqari saylov e’lon qilindi. 19-may kuni kechqurun Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan doxil sakkiz kishini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi. Bortdagilarning hech biri omon qolmagan.

Powered by Froala Editor