Farg'onada Xitoy savdo uyi ochildi

O'zbekiston

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 21-mart kuni Xitoyning Chendu shahri Sanoat va savdo federatsiyasi raisining o’rinbosari Deng Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Farg’ona viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Farg'onada Xitoy savdo uyi ochildi
Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan sanoat, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi va turizm sohasi bo’yicha Farg’onada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bo’yicha fikr almashildi.

Deng Bo Farg’ona viloyatida yirik Xitoy sanoat parki tashkil etish, uning tarkibida avtomobilsozlik, Xitoy sanoat kompaniyalarining, shu jumladan, avtomobilsozlik korxonalarining ishlab chiqarishlarini yo’lga qo’yish, qishloq xo’jaligi yo’nalishida Farg’onada yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish, farg’onalik tadbirkorlarga Xitoyda o’z bozorini topishga ko’maklashish, turizm sohasi bo’yicha o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko’rib chiqish maqsad qilinganini qayd etdi.

Farg‘ona shahrida bozor integratsiyasi yo‘lidagi aniq qadamning ramzi bo‘lgan Chengdu savdo uyining ochilishi uchrashuvning diqqatga sazovor natijasi bo‘ldi. Qolaversa, Chendu shahrida Farg’onaning qishloq xo’jaligi mahsulotlari yarmarkasini tashkil qilish uchun joy ajratilgani ham ta'kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing