Farrux Zokirovga Ozarbayjonning “Xalq Artisti” faxriy unvoni berildi

O'zbekiston

O'zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan ushbu mamlakatning "Xalq Artisti" faxriy unvoniga sazovor bo'ldi. Ushbu unvon Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

Farrux Zokirovga Ozarbayjonning “Xalq Artisti” faxriy unvoni berildi
Farrux Zokirov bir vaqtning o'zida 7 ta - O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi. San'atkor taniqli o'zbek estrada qo'shiqchisi, bastakor va aktyor sifatida chet mamlakatlarda ham mashhur.

Farrux Zokirov 1946 yil 16 aprelda Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida tug'ilgan. Uning otasi - O'zbekiston xalq artisti Karim Zokirov - opera qo'shiqchisi, onasi - Shoista Saidova esa milliy qo'shiqchi bo'lgan. Farrux Zokirov 1969 yilda Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan va "Yalla" ansamblining rahbari bo'lgan.

1976 yildan beri Farrux Zokirovning rahbarligida "Yalla" ansambli xalq e'tirofiga sazovor bo'lgan va hozirga qadar ko'plab mamlakatlarda mashhur. Ansambl Rossiya, Qozog'iston, Gruziya, AQSh va boshqa davlatlarda juda mashhur.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing