Fayzullayev SSKAdan ketmoqda

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. U Moskvaning SSKA klubidan “Istanbul Bashakshehir”ga o‘tmoqda.

Fayzullayev SSKAdan ketmoqda
O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev Moskvaning SSKA klubini tark etdi va “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turkiyaga yo‘l oldi. Bu haqda sport insayderi Narzulla Saydullayev ma’lum qildi.

Avvalroq xabar berilishicha, transfer qiymati 7,5 million yevroni tashkil etadi, bonuslar bilan bu summa 10 million yevrogacha yetishi mumkin. Fayzullaev “Orenburg”ga qarshi o‘yinda SSKA tarkibida ishtirok etmaydi.

Fayzullaev “Istanbul Bashakshehir” tarkibidagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ladi — undan oldin hujumchi Eldor Shomurodov ham ushbu klubga o‘tgan edi. Bu transfer jamoaning yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing