FlyArystan Olmaota va Nukusni bog‘laydi

O'zbekiston

Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Olmaota-Nukus-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo’lga qo’ymoqda. Bu haqda Trend axborot agentligi xabar bermoqda.

FlyArystan Olmaota va Nukusni bog‘laydi
Parvozlar 2024-yilning iyun oyiga rejalashtirilgan va haftasiga 3 marta dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

“Olmaota-Nukus-Olmaota yangi yoʻnalishi Qozogʻistonni Markaziy Osiyoning tarixiy shaharlaridan biri bilan bogʻlaydi. Nukus hozirda sayyohlarni o‘ziga jalb etib, madaniy almashinuvni taklif qilmoqda, FlyArystan esa yo‘lovchilarga qulay, xavfsiz va arzon havo qatnovini ta’minlab, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi bog‘lovchiga aylanganidan mamnun”, — dedi FlyArystan kompaniyasining savdo va marketing bo‘yicha direktori Madina Bujinova.

Eslatib oʻtamiz, FlyArystan yoʻnalish jadvaliga Qozogʻiston va Oʻzbekiston poytaxtlarini bogʻlovchi: Ostona-Toshkent-Ostona yoʻnalishidagi reyslar kiradi. Bundan tashqari, aviakompaniya Samarqand-Olmaota-Samarqand mavsumiy yo‘nalishini taklif etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing