Maktabgacha ta'lim tizimi yangi islohotlar bilan takomillashadi
O'zbekiston
O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Prezident farmoniga ko‘ra, bu islohotlar kichik yoshdagi bolalarning kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, katta guruhlarda esa ijodiy va bilim olish kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab, bog‘chalar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritishni yo‘lga qo‘yadi. Bu tizim orqali ota-onalar o‘z farzandlarining tarbiyaviy yutuqlarini kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, maktabga tayyorlov guruhlarini tugatgan bolalarga elektron sertifikatlar beriladi. Ushbu sertifikatlar bola maktabga tayyor ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat qiladi.
2025-yil 1-avgustga qadar ishlab chiqilgan elektron resurslar va o‘quv-metodik materiallar onlayn tizimda joylashtiriladi, bu esa ulardan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Powered by Froala Editor