O‘zbekistonda chiqindilar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga o‘tmoqda
O'zbekiston
2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda chiqindilar bilan ishlash sohasida jiddiy islohotlar boshlanadi. Prezident farmoniga ko‘ra, bu tizimda ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik ishtirokini oshirish va qayta aloqa mexanizmini kuchaytirish choralari ko‘riladi.
Farmonga muvofiq, chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va ularni aholi tomonidan nazorat qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Barcha chiqindi tashuvchi texnikalarga GPS tizimlari o‘rnatiladi, bu esa ularning harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, sanitar tozalash xizmatlari bo‘yicha shikoyat va takliflarni qabul qiluvchi "Call markaz" tashkil etiladi.
Hududlarning geografik chegaralari va chiqindi yig‘ish punktlari joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi. Abonentlarning chiqindilarini olib chiqish grafigi ham aniq ko‘rsatib boriladi.

Powered by Froala Editor