Fransiya hukumati iste'foga chiqdi
Siyosat
Kuni kecha Fransiya bosh vaziri oʻz hukumatining isteʼfosi toʻgʻrisidagi arizani respublika Prezidentiga taqdim etdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, parlament tomonidan e'lon qilingan ishonsizlik ovozi ortidan, Mishel Barnye hukumatining iste'fosini qabul qildi. Bu haqida Yelisey saroyi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Mishel Barnye va uning hukumat a'zolari yangi hukumat tayinlangunga qadar joriy masalalarni hal qilishni davom ettiradilar.
4 dekabr kuni Mishel Barnye hukumatiga qarshi ishonsizlik ovozi qabul qilingan edi. Ovoz berishning sabablaridan biri sifatida 2025-yilgi byudjetni kelishish jarayonida mamlakatdagi siyosiy kuchlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar ko'rsatilgan.
Barnye hukumatining tarkibi 2023-yilning sentabrida shakllantirilgan. Milliy assambleya saylovlari o'tkazilgandan so'ng, hech bir partiya ko'pchilik ovozga ega bo'lmaganligi sababli, Prezident Makron yangi Bosh vazirni tayinlash uchun uch oyga yaqin vaqt sarflagan edi.
Fransiya konstitutsiyasiga ko'ra, Prezident yangi muddatidan oldin parlament saylovlarini faqat oxirgi saylovlardan bir yil o'tib o'tkazishi mumkin. Oxirgi saylovlar esa 2023-yilning iyulida bo'lib o'tgan edi. Bunday holat Fransiya tarixida 1962-yilda Jorj Pompidu hukumati iste'foga chiqqanidan beri birinchi marta yuz bermoqda.

Powered by Froala Editor