Fransiyada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi
Dunyo
Fransiyada Prezident Emmanuel Makron siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari avj oldi. OAV xabariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 100 minggacha odam ishtirok etmoqda.
Namoyishlar “Hammasini to‘xtatamiz” shiori ostida o‘tmoqda. Fuqarolar 2026 yilgi davlat byudjetiga qarshi chiqmoqda. Loyihaga ko‘ra, kelasi yilda pensiyalar indeksatsiya qilinmaydi, bir necha bayram kunlari ish kuni etib belgilanadi, vazirliklarning byudjeti esa faqat Mudofaa vazirligida oshadi.
Tongdan boshlab Parij, Lion va Renn shaharlarida namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘ydi, jamoat transportini to‘sqinlik qildi. Rennda barrikadalar va avtobus yoqib yuborildi, Lionda esa tramvay yo‘llariga chiqindi idishlari tashlanib, yoqib yuborildi.
Parijda politsiya halqa yo‘lida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi va avtobus terminalining to‘sib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymadi. Ba’zi maktab o‘quvchilari ham litseylar kirishida barrikadalar o‘rnatgan.
Mamlakat bo‘ylab 85 kishi qo‘lga olindi, shundan 75 nafari Parijda. Umuman olganda, 700 dan ortiq miting rejalashtirilgan bo‘lib, ular kun davomida davom etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor