Fransiyadagi kambag'allar yashaydigan hududni Shido sikloni vayron qildi

Dunyo

Fransiyaning Mayotta orolida Shido sikloni natijasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Fransiyaning bu hududiga Shido sikloni yopirilib, shamol tezligi soatiga 226 km gacha yetdi. Rasmiylarning aytishicha, bu so‘nggi 90 yildagi eng kuchli bo‘ron bo‘lib, Hind okeanidagi bu orolni vayron qilgan.

Fransiyadagi kambag'allar yashaydigan hududni Shido sikloni vayron qildi
Fransiyaning meteorologiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, shamol tezligi soatiga 220 km dan oshgan. Parijdan 8 ming kilometr uzoqlikda, Mozambik va Madagaskar o‘rtasida joylashgan, 300 mingdan ortiq aholisi bor. Sodir bo'lgan bo‘ron uylarning tomlarni uchirib tashlagan.

"1934-yildan beri orolimizga eng kuchli va vayronkor siklon yopirildi. Ko'pchiligimiz barcha narsamizni yo'qotdik", — deb yozdi Mayotta prefekti Fransua-Ksavyer Byeviyl Facebookda.

Fransiya qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornu X platformasida Mayottaga yordam yuklangan samolyot yuborilganini ma’lum qildi. Transport vaziri Fransua Dyurovre Mayotta aeroporti "jiddiy zarar ko'rdi, ayniqsa dispetcherlik minorasi shikastlangan", deb qo‘shimcha qildi.

Mahalliy telekompaniyaning xabar berishicha, minglab uylar elektr ta'minotisiz qolgan, kichik qurilmalar vayron bo‘lgan, ko'plab daraxtlar ag‘darilgan.

Mayotta — Fransiyaning beshinchi respublikasi tarkibidagi eng kambag‘al departament bo‘lib, aholining uchdan bir qismi sharoitsiz kulbalarda va temirdan qurilgan uy joylarda yashaydi.

Parijning bu hudud ustidan suvereniteti Komor orollari tomonidan tan olinmaydi. Mayotta so‘nggi yillarda og‘ir migratsiya inqirozini boshdan kechirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing