Fransiyaning Axens kompaniyasi 2024–2025-yillarda O‘zbekistondagi Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi

O'zbekiston

Fransiyaning Axens texnologik kompaniyasi 2024–2025-yillarda O‘zbekistondagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishni yakunlashda yordam beradi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi.

Fransiyaning Axens kompaniyasi 2024–2025-yillarda O‘zbekistondagi Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi
O‘zbekiston 2025-yilgacha sifatsiz, xususan, AI-80 benzinidan foydalanishni bosqichma-bosqich to‘xtatib, Yevro-5 standartidagi yoqilg‘i ishlab chiqarishga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Loyiha orqali 60% va 40% hajmdagi yuqori oktanli AI-92 va AI-95 benzinlarini mos ravishda ishlab chiqarish nazarda tutilgan.

Loyihani amalga oshirishni tezlashtirish uchun mamlakat hukumati Axens kompaniyasi bilan kompaniya texnologiyalaridan foydalanish va Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yangi agregatlarni qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Quvvati 2,5 milliard tonna bo'lgan Buxoro NQIZda AI-80, Ai-91/92, Ai-95, Ai-98 rusumli Yevro-2 rusumli benzin, A-1 reaktiv yoqilg'isi, Yevro-4,5,6 dizel yoqilg'isi, mazut, suyultirilgan gaz, erituvchi va oltingugurt qayta ishlanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing