Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilindi
O'zbekiston
Bugun 11-fevral kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi va u bilan tasdiqlanayotgan Konsepsiya loyihasi joriy yilning 31-yanvar kuni quyi palata majlisida birinchi o‘qishda qabul qilinib, 10-fevralga qadar palata rasmiy veb-saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan edi.
Jamoatchilik muhokamasi jarayonida aholidan 400 tadan ortiq izohlar, taklif va tavsiyalar kelib tushgan. Barcha konfessiyalar vakillari Konsepsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlab, uning qabul qilinishi yurtimizda dinlar va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashga, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.
Ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida loyihaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar: turli konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro muloqotni o‘rnatish, konfessiyalararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekiston xalqining dinlarga oid madaniyati hamda islom sivilizatsiyasining yorqin yutuqlari sifatida tan olingan buyuk mutafakkir va olimlarning diniy-falsafiy merosini, qo‘lyozma manbalarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun keng shart-sharoitlar yaratish hamda ularni ilm-fanga faol jalb etish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish kabi masalalarga qaratilgani ta’kidlandi.
Shundan so‘ng mazkur konsepsiya va uni tasdiqlash haqidagi qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Powered by Froala Editor