Futbol afsonalari Toshkentga keladi: Karlós, Ribery, Zeedorf

Sport

26-avgust kuni Toshkentdagi «Humo Arena»da O‘zbekiston futzal Superkubogi finali bo‘lib o‘tadi. Bu uchrashuv muxlislar uchun haqiqiy bayramga aylanadi, chunki Ribery, Karlós, Zeedorf kabi futbol afsonalari maydonga tashrif buyuradi.

Futbol afsonalari Toshkentga keladi: Karlós, Ribery, Zeedorf
O‘zbekiston futzal federatsiyasi ma’lum qilishicha, BMB va Oil Star jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi-2025 finali katta yulduzlar ishtirokida o‘tadi.

Toshkentga dunyo futbolining mashhur yulduzlari tashrif buyuradi:
  • Dida — jahon chempioni, ikki karra Chempionlar Ligasi g‘olibi;
  • Roberto Karlós — jahon chempioni va uch karra Chempionlar Ligasi g‘olibi;
  • Fabio Cannavaro — jahon chempioni, 2006-yil «Oltin to‘p» sohibi;
  • Marko Materazzi — jahon chempioni, Chempionlar Ligasi g‘olibi;
  • Maykon — «Inter»ning mashhur himoyachisi, Chempionlar Ligasi g‘olibi;
  • Kristian Zakkardo — 2006-yilgi jahon chempioni;
  • Klarens Zeedorf — «Milan» afsonasi, uch xil klub bilan Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan yagona futbolchi;
  • Serjinyo — «Milan» himoyachisi, aniq uzatmalari bilan tanilgan;
  • Frank Ribery — «Bavariya» afsonasi, Chempionlar Ligasi g‘olibi;
  • Kevin Kuranyi — Germaniya terma jamoasi va «Shalke-04» sobiq hujumchisi.

Shuningdek, muxlislar uchun futbolchilar bilan uchrashuvlar va avtograf sessiyalari rejalashtirilgan.

27-avgust kuni esa maxsus tadbir — O‘zbekiston terma jamoasi va futbol afsonalari o‘rtasida do‘stlik uchrashuvi o‘tkaziladi. O‘yin vaqti hamda joyi keyinroq e’lon qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing