Abduqodir Husonov Shavkat Mirziyoyevga imzoli futbolka sovg‘a qildi
Sport
21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoa va Angliyaning “Manchester City” klubi himoyachisi Abduqodir Husonov bilan uchrashdi. Hurmat ifodasi sifatida futbolchi davlat rahbariga o‘zining imzoli nominal futbolkasini topshirdi.
Uchrashuvda futbolchining otasi — Hikmat Hoshimov va Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
Uchrashuvdan avval Husonov “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tantanasida qatnashdi. Unda Shavkat Mirziyoyev xalqni bayram bilan tabriklab, yurtga farovonlik va taraqqiyot tiladi.
Tadbirlar yakunidan so‘ng futbolchi jahon chempionati–2026 saralash bosqichining muhim o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy jamoaning tiklanish mashg‘ulotida ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor