G‘arb Rossiyani bo‘lib, o‘ziga bo‘ysundirmoqchi – Putin
Dunyo
Rossiya prezidentining aytishicha, G'arb davlatlari bunday katta Rossiya kerak emas deb hisoblaydi.
G‘arb davlatlari bunday katta Rossiya kerak emas deb hisoblab, uni bo‘lib, o‘ziga bo‘ysundirmoqchi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-1” telekanilida bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Haqiqat shuki, keyin men bunga 100 foiz amin bo'ldim, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin [G'arb siyosatchilari] biroz sabr qilishimiz kerak, endi biz Rossiyani butunlay yo'q qilamiz, deb ishonishdi", dedi Putin.
Uning qo'shimcha qilishicha, Yevropa standartlari bo'yicha bunday juda katta mamlakat - dunyodagi eng katta hududga ega va boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha ko'p aholiga ega davlat - "umuman olganda, kerak emas".
“AQShning taniqli siyosiy arbobi [AQSh prezidentining sobiq maslahatchisi Zbignev] Bjezinskiy taklif qilganidek, uni besh qismga bo‘lish va bu qismlarni alohida bo‘ysundirish va resurslardan foydalanish yaxshiroqdir”, dedi Putin.
Rossiya prezidenti AQSh yetakchisi Jo Baydenning Moskva go‘yoki NATOga hujum qilishi mumkinligi haqidagi bayonotlarini “bema’nilik” deb atadi.
"Bu mutlaqo bema'nilik. O‘ylaymanki, prezident Bayden buni tushunadi, bu uning Rossiya borasidagi noto‘g‘ri siyosatini oqlash uchun qilingan gap”, deya ta’kidladi Putin.

Powered by Froala Editor