Gayane Umerova yangi lavozimga tayinlandi

Dunyo

YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Gayane Umerova yangi lavozimga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-sonli qarorga muvofiq, u bir vaqtning o‘zida YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori va O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing