G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish imkoniyati yo'q – Bayden

Dunyo

AQSh Prezidentining soʻzlariga koʻra, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishni eʼlon qilishning iloji yoʻq.

G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish imkoniyati yo'q – Bayden
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden blokadadagi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari Illinoysga safari oldidan jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Amerika Prezidentining soʻzlariga koʻra, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishni eʼlon qilishning iloji yoʻq. Shu bilan birga, Bayden garovga olinganlarning ozod etilishiga "optimistik" bo'lib qolayotganini ta'kidladi.

Avval, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Isroil G‘azo sektori shimolidagi tinch aholining hududni tark etishi uchun hujumlarini kuniga 4 soatga to‘xtatishga rozi bo‘lganini aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing