G'azoda 18 ta shifoxona eshiklarini yopishga majbur bo'ldi

Dunyo

"G'azo shimolidagi shifoxonalarda dori-darmon, oziq-ovqat va yoqilg'i tanqisligi kuzatilmoqda", dedi Falastin anklavining sog'liqni saqlash boshqarmasi.

G'azoda 18 ta shifoxona eshiklarini yopishga majbur bo'ldi
G‘azo sektoridagi jami 18 ta shifoxona Isroil tomonidan kuchli o‘qqa tutilishi va havo reydlari fonida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deya xabar berdi Falastin anklavining sog‘liqni saqlash boshqarmasi “AlJazeera” telekanaliga.

"G'azo sektoridagi jami 18 shifoxona, jumladan, sakkizta davlat muassasasi o'z ishini to'xtatishga majbur bo'ldi. G'azo shifoxonalaridagi vaziyat halokatli. Buni so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi, ayniqsa shimoliy hududlarda", deya manbadan iqtibos keltirgan telekanal.

Qayd etilishicha, G’azo shimolidagi shifoxonalarda dori-darmon, oziq-ovqat, yoqilg’i tanqisligi kuzatilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing