G'azoda 46 kun ichida 5300 bola o'ldirildi: kuniga 115 bola – BMT
Dunyo
G'azoda o'lganlarning 40 foizi bolalardir. Bunday holat hech qachon bo'lmagan – Ketrin Rassel.
G‘azo sektorida 46 kun ichida 5300 bola halok bo‘ldi, bu kuniga 115 bolaga to‘g‘ri keladi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo bo‘yicha yig‘ilishida BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel ma’lum qildi.
Rasselning qayd etishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaroda gumanitar pauzaga erishish yetarli emas, G‘azodagi qon to‘kilishini to‘xtatish uchun zudlik bilan gumanitar sulh e’lon qilish muhim.
U G'azo janubida harbiy faollik kuchayganiga e'tibor qaratdi va buni oldini olishga chaqirdi.
Rasselning ta'kidlashicha, hozirgi inqiroz davrida halok bo'lganlar soni juda yuqori. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT 17 yildan beri bolalarga nisbatan huquqbuzarliklarni qayd etib keladi va bu davrda o‘ldirilgan bolalar soni 1653 nafarni tashkil etgan.
“46 kun ichida 5300 nafar falastinlik bola halok bo‘ldi. Bu kuniga 115 nafar bolaga to'g'ri keladi. G'azoda o'lganlarning 40 foizi bolalardir. Bunday holat hech qachon bo'lmagan. G‘azo bolalar uchun dunyodagi eng xavfli joy”, deya ta’kidladi u.
Rasselning aytishicha, 1200 ga yaqin bola hamon vayronalar ostida qolib ketgan.
Uning so'zlariga ko'ra, G‘azo sektoridagi bolalar oziq-ovqat taqchilligiga duch kelishgan.
Rasselning aytishicha, 7-oktyabrdan beri Isroilda 35 nafar, Gʻarbiy Sohilda 56 bola halok boʻlgan va u yerda 450 ming bola gumanitar yordamga muhtoj.
BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Baxus, o‘z navbatida, G‘azo sektorida har soatda ikki ona, har ikki soatda yetti nafar ayol vafot etishini ma’lum qilgan.

Powered by Froala Editor