G‘azoda BMTning 88 nafar xodimi halok bo‘ldi

Dunyo

Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitta mojaroda ko'rgan eng katta yo'qotishidir.

G‘azoda BMTning 88 nafar xodimi halok bo‘ldi
Isroil-Falastin mojarosi avj olganidan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti Falastinlik Qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ning halok bo‘lgan xodimlari soni 88 nafarga yetdi, bu jahon tashkiloti uchun eng katta ko‘rsatkichdir. Bu BMT tuzilmasidagi mustaqil faoliyat yurituvchi asosiy gumanitar idoralarni birlashtirgan idoralararo doimiy qo‘mita rahbarlarining qo‘shma bayonotida aytiladi.

"7-oktyabrdan beri bir nechta insonparvarlik xodimlari, jumladan, UNRWAning 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir mojaroda ko‘rgan eng katta qurboni. Biz tomonlarni xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini hurmat qilishga chaqiramiz. ”, deyiladi BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo'yicha o'rinbosari Martin Griffits, Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Sindi Makkeyn, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus, BMT Bolalar jamg'armasi ijrochi direktori Ketrin Rassel va boshqalar tomonidan imzolangan bayonotda.

Shuningdek, ular G‘azo sektorini yetarli miqdorda suv, oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i bilan ta’minlash muhimligini ta’kidlab, barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni hamda fuqarolik infratuzilmasini, jumladan, shifoxonalar, boshpana va maktablarni himoya qilishni talab qilishdi.

"Bizga zudlik bilan gumanitar yo‘lak kerak. 30 kun o'tdi. Yetarli. Bu endi tugashi kerak",deya xulosa qildi gumanitar bo'limlar rahbarlari.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing