G'azodagi urush: Isroil jangchilari maktabga zarba berdilar, kasalxonalar yopilmoqda

Dunyo

Isroil harbiylari G‘azo shahrining ayrim qismlarini ommaviy evakuatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi buyruq chiqarganidan so‘ng bemorlar va xodimlar al-Ahli Arab va Patient’s Friends Benevolent Society kasalxonalarini tark etishdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

G'azodagi urush: Isroil jangchilari maktabga zarba berdilar, kasalxonalar yopilmoqda
Isroil harbiylarining ta'kidlashicha, ularning samolyotlari G'azoning Markaziy qismidagi Nuseyrat qochqinlar lageri hududidagi "maktab majmuasi" ga hujum qilgan. Tibbiy manbaning AFP axborot agentligiga xabar berishicha, Nuseyratdagi UNRWA muassasasiga hujumdan so‘ng yaralanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

HAMAS rahbari Ismoil Xaniya, agar Isroil G'azoda odamlarni o'ldirish, ko'chirish va boshqa yo’llar bilan zarar etkazishda davom etsa, bu tinchlik muzokaralarini jiddiy ravishda buzishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Oq uy Milliy xavfsizlik bo‘yicha matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, dushanba kuni Misr, Isroil, Iordaniya va AQSh muzokarachilari Qohirada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokara o‘tkazgandan so‘ng, vositachilar Hamas va Isroil o‘rtasidagi “bo‘shliqlarni qo‘ldan kelgancha… yopishga harakat qilmoqda”.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Isroilning G'azoga qarshi urushida 7-oktyabrdan beri kamida 38 243 kishi halok bo'lgan va 88 003 kishi yaralangan. HAMAS tomonidan qilingan hujumlardan Isroilda halok bo'lganlar soni 1139 kishini tashkil etadi, o'nlab odamlar G'azoda asirlikda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing